07:14 / 25.10.2015
4209

Rossiya va Ukraina o‘rtasida aviaaloqa to‘liq to‘xtatilishi oldidan Kiyevdan Moskvaga oxirgi reys amalga oshirildi

Rossiya va Ukraina o‘rtasida aviaaloqa to‘xtatilishi oldidan Kiyevdagi Borispol aeroportidan Moskva vaqti bilan soat 20.40 da Moskvaga oxirgi reys amalga oshirildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Qayd etilishicha, Kiyevdagi Julyan aeroportidan Rossiyaga oxirgi reys Moskva vaqti bilan soat 17.25 da amalga oshirilgan.

Ikkala aeroportning 25 oktabrga mo‘ljallangan jadvalida Rossiyaga va undan birorta reys yo‘q.

Avvalroq Ukraina 25 oktabrdan Rossiya bilan parvozlarni to‘liq to‘xtatishini e'lon qilgandi.

Rossiya javob tariqasida Ukraina aviakompaniyalariga xuddi shunday aks choralarni qo‘llagan.

Ukraina va Rossiya vakillari parvozlar masalalari bo‘yicha hali ham maslahatlashmoqdalar, ungacha Kiyevning qarori o‘z kuchida qoladi.

Top