07:27 / 25.10.2015
9978

Toni Bler Iroqqa bostirib kirish IShIDning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lganini tan oldi

Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler AQSh va uning ittifoqchilarining 2003 yilda Iroqqa bostirib kirishi IShIDning paydo bo‘lishi sabablaridan biri bo‘lganini tan oldi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

“Men bunda bir qism haqiqat bor deb o‘ylayman. Albatta, siz 2003 yilda Saddam Husaynni hokimiyatdan chetlashtirganlar 2015 yildagi vaziyatga javobgar emaslar deb ayta olmaysiz”, deb aytdi Bler “Iroqqa bostirib kirish IShID paydo bo‘lishining asosiy sababi bo‘lganmi?” degan savolga javoban.

Bler bostirib kirishga olib kelgan noto‘g‘ri razvedka ma'lumotlari hamda tuzum o‘zgartirilgandan keyin amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarni rejalashtirishdagi xatolar uchun uzr so‘radi.

Avvalroq Toni Bler va Jorj Bush Iroqda urush olib borish haqida unga bostirib kirishdan bir yil avval kelishib olganlari ma'lum qilingandi.

Top