22:11 / 25.10.2015
3415

Velikiy Novgorodda Ginnesning rekordlari kitobiga kirish uchun ikki tonna karam tuzlashdi

Rossiyaning Velikiy Novgorod shahridagi restoranlardan birida ikki tonna karam tuzlashdi, deb xabar bermoqda FlashNord.

Karamni milliy ana'nalarga xos ravishda — sabzi va tuz yordamida sho‘rlashdi. Uni tayyorlash jarayoniga 12 soat vaqt ketdi. Jarayonga o‘ndan ziyod professional oshpazlar va unga qatnashishni istovchi barchi kishilar qatnashdi. Sho‘rlangan karam o‘n kundan so‘ng tayyor bo‘ladi. Uni istalgan odam tanovul qilib ko‘rishi mumkin.

Aktsiya tashkilotchilarining maqsadi bu ishlari bilan Ginnesning rekordlari kitobiga kirishdir.

Joriy yilning oktabr oyi o‘rtalarida fransuz va italyan oshpazlari Milanda bo‘lib o‘tgan Expo-2015 xalqaro ko‘rgazmasida uzunligi 122 metr bo‘lgan baget (undan bo‘lgan ingichka ko‘rinishdagi baton) tayyorlashgan edi. Ularning tayyorlagan bageti Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan.

Top