11:54 / 25.10.2015
6641

"Vest Xem" rahbarlaridan biri Mourinoni internet orqali mazax qildi

"Vest Xem" jamoasi boshqaruv kengashi a'zosi Devid Gold "Chelsi"ga qarshi g‘alabali uchrashuvdan keyin o‘z tvitterida raqiblar bosh murabbiyi Joze Mourinoni mazax qiluvchi suratni joylashtirdi.

"Kim "Chelsi" uchun o‘ynashni istaydi", deb yozadi Devid Gold Mourino nomidan uning "Vest Xem" maktabi tarbiyalanuvchilari oldida tushgan suratigi izoh sifatida.

U bu orqali "Chelsi" tarkibidagi muammolarni nazarda tutgan.

"Chelsi" ushbu "Vest Xem"ga 1:2 hisobidan mag‘lub bo‘lgach, 11 ochko bilan turnir jadvalining 15-pog‘onasida bormoqda. "Vest Xem" esa uchinchi o‘rinda joylashgan.

Top