18:04 / 26.10.2015
2740

Afg‘oniston 3 yilga BMT iqtisodiy va ijtimoiy kengashining a'zosi etib saylandi

Afg‘oniston 30 yil ichida birinchi marta BMT iqtisodiy va ijtimoiy kengashining (EKOSOS) a'zosi etib saylandi. Mamlakatning BMT qoshidagi vakolatxonasi tomonidan chop etilgan bayonotda ta'kidlanishicha, u 3 yil muddatga ushbu kengashga a'zolik qiladi.

Afg‘onistonning BMT qoshidagi doimiy vakili Mahmud Sikl Bosh Assambleyaga a'zo davlatlarning katta qismi Afg‘onistonga ovoz berganini ta'kidladi.
Afg‘oniston EKOSOSga uchinchi marta saylanishi. Ilgari u 1956 va 1976 yillarda bu maqomga erishgan edi.

Top