18:08 / 26.10.2015
6433

Afg‘onistondagi zilzila Novosibirskka ham ta'sir o‘tkazdi

Rossiyaning Novosibirsk shahri aholisi bugun kuchsiz yer silkinishlarini his qilishdi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, bu Afg‘onistonda sodir bo‘lgan kuchli zilzilaning aks-sadosidir.

“Darhaqiqat, bizda yer silkinishi kuzatildi, ammo haqiqiy zilzila bo‘lmadi. Bu Afg‘oniston va Tojikiston chegarasidagi zilzila ta'siridir. Ayrim odamlar buni his qildi, lekin qo‘ng‘iroqlar ko‘p bo‘lmadi”, - ma'lum qildi mahalliy favqulodda xizmatlar vakili.

Ilgariroq xabar qilinganidek, bugun, 26 oktabr kuni sodir bo‘lgan zilzila episentri Afg‘onistonning Hindukush mintaqasida kuzatilib, 7.4 ballni tashkil qildi. U Pokistonda, Tojikistonda, shuningdek, O‘zbekistonning, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Andijon va boshqa viloyatlarida kuzatildi. Yer silkinishlari Qozog‘istonning Olma-Ota, Taroz, Chimkent, Qirg‘izistonning O‘sh shaharlarida ham sezildi.

Top