19:16 / 26.10.2015
3381

«Chelsi» rahbariyati Mourinoni iste'foga chiqarib, Anchelottini Londonga qaytarish haqida o‘ylamoqda

Londonning «Chelsi» klubi rahbariyati poytaxtning boshqa bir jamoasi «Vest Hem»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:2) Joze Mourinoni iste'foga chiqarish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar beradi Daily Mail.

Manbaning ma'lum qilishicha, portugaliyalik mutaxassis joriy haftaning o‘zidayoq iste'foga chiqarilishi mumkin. Asosan bu londonliklarning «Liverpul»ga qarshi uchrashuvda qanday natija qayd etishiga bog‘liq.

Xabarda qayd qilinishicha, «Chelsi» uning o‘rniga Karlo Anchelottini yana jamoa boshqaruviga qaytarishi mumkin. Shuningdek, Guus Xiddink mavsum oxiriga qadar jamoani boshqarib borishi mumkin bo‘lgan murabbiy sifatida tilga olinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Chelsi» Mourino o‘rniga Xosep Gvardiolani taklif qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi.

Top