12:42 / 26.10.2015
5802

«Dinamo» – «Chelsi» bahsi vaqtida qora tanli muxlislarning kaltaklanishi tasvirlangan yangi videolar tarqaldi

Yevropa chempionlar ligasining «Dinamo» – «Chelsi» jamoalari uchrashuvida kamida to‘rtta to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Bu haqda Tribuna.com nashri xabar tarqatmoqda.

Manbada yozilishicha, birinchi to‘qnashuv 23 sektorda, o‘yinning 20-daqiqalarida sodir bo‘lgan. Saytda joylashtirilgan videoda qayd qilinishicha, to‘qnashuvlarda bir necha qora tanli muxlislar kaltaklanganini ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, mazkur videoyozuv ham UYeFAga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Top