08:46 / 26.10.2015
2934

Igor Akinfeyev "quruq o‘yinlar" o‘tkazish bo‘yicha Rinat Dasayevning rekordini takrorladi

Rossiya terma jamoasi va TsSKA darvozaboni hisoblanmish Igor Akinfeyev sobiq futbolchi, o‘z vaqtida "Spartak" va SSSR terma jamoalarida muvafaqiyatli faoliyat olib borgan darvozabon Rinat Dasayevning "quruq o‘yinlar" o‘tkazish bo‘yicha natijasini takrorladi va "Lev Yashin klubi"da yetakchilardan birga aylandi.

Akinfeyev Rossiya chempionatining 13-turi doirasida "Terek"ka qarshi o‘tkazilgan o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi (0:0) va o‘zining "quruq o‘yinlari" sonini 229taga yetkazdi.

Ushbu darvozabon Rossiya chempionatida 142ta (324tadan), Rossiya terma jamoasida esa 41ta (83tadan) "quruq o‘yin" o‘tkazgan.

Qayd etish kerakki TsSKA uning faoliyatidagi yagona jamoa hisoblanadi. U 2003 yilda jamoadagi debyutini o‘tkazgandi.

Top