09:17 / 26.10.2015
3329

Kiyevda saylovchilarning ovozini sotib olish 35 dollargacha ko‘tarildi

Kiyevda saylovchilarning ovozini sotib olish 35 dollargacha ko‘tarildi. Bu haqda shahar ma'muriyati vakili Vladimir Bondarenkoning so‘zlariga asoslanib, TASS xabar bermoqda.


«Solomon tumanida saylovchilarning ovozini sotib olish avjiga chiqqan. U yerda bitta ovozni 800 grivnaga sotib olishmoqda. Bu holat ilgari Kiyevda hech qachon bo‘lmagandi», — dedi Bondarenko brifingda.

Bondarenkoning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning o‘nga yaqin tumanidan shu kabi holat sodir etilgani haqida 12 ta xabar yetib kelgan.

Top