17:32 / 26.10.2015
4769

Noyabrda Misr piramidalarni kosmik nurlar bilan skanerdan o‘tkaza boshlaydi

2016 yildan Misr qadimgi ehromlarning yangi sirlarini ochmoqchi. Shu maqsadda joriy yilning noyabridan boshlab u piramidalarni kosmik nurlar yordamida skan qilish bo‘yicha global loyiha amalga oshirila boshlanadi.

Bu haqda qadimgi yodgorliklar va madaniy meros vaziri Mamduh ad-Damatiy ma'lumot berdi. Loyihada Fransiya, Kanada va Yaponiya olimlari ishtirok etadi. “Tadqiqot davomida eng yangi texnologiyalardan foydalaniladi, ular piramidalar uchun xavfsiz bo‘lib, ular orqali qadimgi ehromlarning yangi sirlarini ocha olamiz”, - deb ishontirdi vazir.

Top