17:22 / 26.10.2015
3215

Peskov huquq himoyachilarining Suriya bo‘yicha ayblovlarini inkor qildi

Rossiya prezidentining rasmiy vakili Dmitriy Peskov huquq himoyachilarining ayblovlarini inkor qildi, deb xabar beradi Interfaks.

Ilgariroq huquq himoyachilari Rossiyaning aviazarbalari Suriyadagi tinch aholiga ziyon keltirayotganini aytib chiqishgan edi.
“Biz oxirgi bir necha kunlar ko‘plab xabarlarni kuzatmoqdamiz, ular Rossiya harbiy kuchlari Suriyada o‘tkazayotgan operatsiya bilan bevosita bog‘liq”, - dedi u.

Peskov nishonlar ro‘yxatini shakllantirishda birinchi navbatda tinch aholiga ziyon yetkazmaslik ko‘zda tutilishini ta'kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 25 oktabr kuni Human Rights Watch tashkiloti tomonidan chop etilgan hisobotda Rossiya aviatsiyasi tinch aholiga ham ziyon yetkazayotgani aytilgan edi. Tashkilot vakillari Moskvani bu borada diqqatli bo‘lishga chaqirgan edi.

Top