18:19 / 26.10.2015
3597

Saudiya elchisi Britaniyani o‘zaro munosabatlarga tahdid borligidan ogohlantirdi

Saudiya Arabistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi shahzoda Muhammad bin Navof bin Abdulaziz ikki davlatning o‘zaro munosabatlari xavf ostida qolishi mumkinligini ma'lum qildi.

Ilgariroq Britaniya bosh vazirining rasmiy vakili London Saudiyada penitentsiar tizimni isloh qilish dasturiga pul ajratmasligini ma'lum qilgan edi. Saudiya hukumati mashinasidan qo‘lbola sharob topilgan 74 yoshli britaniyalikka nisbatan o‘qilgan hukmni amalga oshirishini ma'lum qilganidan so‘ng Britaniya tomoni mana shunday qadam tashlashga majbur bo‘ldi. Shariat sudi uni 12 oylik qamoq va 350 qamchi zarbiga hukm qilgan edi.

Leyboristlar partiyasi yetakchisi Jyeremi Korbin Saudiya Arabistoniga 6 mlrd funt ajratmaslik to‘g‘risidagi qarorda uning ham hissasi borligini ta'kidlab o‘tdi. Uning ta'kidlashicha, siyosatchi go‘yoki bosh vazir Devid Kemeronni bunga ko‘ndirgan.

Top