15:59 / 26.10.2015
2718

Turkiyaning Tokiodagi elchixonasi oldidagi turk-kurd to‘qnashuvida 10 kishi yaralandi

Turkiyaning Tokiodagi elchixonasi oldida yakshanba kuni etnik turklar va kurdlar orasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda 10 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy politsiya boshqarmasi xabar qildi.

Jarohat olganlarning 2 nafari politsiyachilardir. 9 kishi shifoxonaga yotqizildi.
Mushtlashuv mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 7:00da sodir bo‘ldi. Turkiya fuqarolari joriy saylovlarda ishtirok etish maqsadida elchixona oldida to‘plana boshladi.

600 kishi to‘plandi. Kurd millatiga mansub ayrim fuqarolar Kurdiston ishchi partiyasining bayroqlarini ko‘tarib olgani turklarga yoqmagani tufayli orada janjal kelib chiqdi va mushtlashuvga aylanib ketdi.
Tartibsizliklarni bostirishga politsiya otryadi yo‘llandi. Yaqin oradagi yo‘llarda transport harakati to‘xtatildi.

Top