06:47 / 26.10.2015
2249

Volkswagen muammoli avtomobillarni yangilariga chegirma bilan almashtirib berishi mumkin

Volkswagen ekologik mojaroga aloqador bo‘lgan avtomobillarni yangilariga chegirma bilan almashtirib berishi mumkin, deb xabar bermoqda Deutsche Welle nashri.

Kompaniyada avtomobil egalariga karbonat angidrid gazi (CO2) chiqindilari haqidagi ma'lumotlarni pasaytirib ko‘rsatuvchi dasturiy ta'minotga ega avtomobillarni ortga chaqirtirib olish o‘rniga yangi mashinani sotib olish uchun chegirma taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Ma'lum qilinishicha, bunday taklif 1,6 litrli dizelli dvigatellarga ega avtomobillarni qayta jihozlash katta xarajat talab qilishi tufayli yuzaga kelgan. Volkswagen mojaro tufayli butun Yevropa bo‘ylab 8,5 mln ta va Germaniya bo‘ylab 2,4 mln ta avtomobilni ortga chaqirtirib olishi kerak.    

Top