18:03 / 26.10.2015
4020

Xitoy besh yulduzli mehmonxonalarning ko‘pligi bo‘yicha ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda

Trivago sayyohlik xizmati tadqiqotchilari besh yulduzli mehmonxonalari eng ko‘p davlatlarning reytingini tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra Xitoy eng ko‘p besh yulduzli mehmonxonaga ega davlat sifatida reytingni boshqarib bormoqda. XXRda jami bo‘lib 2940ta oliy toifadagi mehmonxonalar borligi qayd qilingan, deb yozadi epturismo internet-nashri.

Mazkur reytingda ikkinchi o‘rinni Turkiya mamlakati (800ta besh yulduzli mehmonxona) egallab turibdi, uchinchi o‘rinda — Meksika (670) bormoqda. Shuningdek top-10 mamlakatlar ro‘yxatiga Italiya, Hindiston, Gretsiya, Ispaniya, AQSh, Buyuk Britaniya va JAR davlatlari kirgan.

Tadqiqotchilarning qayd etishicha, besh yulduzli mehmonxonalar mavjud aksar mamlakatlarda bu ko‘rsatkich umumiy mehmonxonalar sonining bir foizidan oshmaydi. Bu borada BAA va Misr yetakchilik qilmoqda. Bu davlatlarda besh yulduzli mehmonxonalar umumiy mehmonxonalar sonining 10 foiziga yaqin ko‘rsatkichni qayd etishadi.

Mazkur hisobot mualliflari aniqlik kiritib o‘tishicha, Dubayda dunyoda yagona, yetti yulduzli maqomini berish mumkin bo‘lgan «Burj-al-Arab» mehmonxonasi joylashgan.

Top