18:13 / 26.10.2015
5921

Zilzila oqibatida Afg‘oniston va Pokistonda qurbon bo‘lganlar soni 80 kishini tashkil qildi

Bugun, 26 oktabr kuni sodir bo‘lgan zilzila oqibatida Afg‘oniston va Pokistonda qurbon bo‘lganlar soni 70 kishini tashkil qildi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar bermoqda.

Ilgariroq xabar qilinganidek, bugun, 26 oktabr kuni sodir bo‘lgan zilzila episentri Afg‘onistonning Hindukush mintaqasida kuzatilib, 7.4 ballni tashkil qildi. U Pokistonda, Tojikistonda, shuningdek, O‘zbekistonning, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Andijon va boshqa viloyatlarida kuzatildi. Yer silkinishlari

Qozog‘istonning Olma-Ota, Taroz, Chimkent, Qirg‘izistonning O‘sh shaharlarida ham sezildi.
Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, Pokistonda halok bo‘lganlar soni 57 kishini tashkil qilmoqda. Afg‘onistonda qurbonlar soni 21 kishini tashkil qilgani oldinroq ma'lum qilingan edi, shulardan 12 nafari bolalardir.

Pokistonda jarohat olgan odamlar soni 300 kishiligicha qolmoqda.

Top