18:33 / 27.10.2015
3800

Bokschi Roy Jons Rossiya fuqaroligiga ega bo‘ldi

27 oktabr, seshanba kuni mashhur bokschi, bir necha vazn toifalarida ko‘p karra jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan Roy Jons Moskvada Rossiya fuqaroligini beruvchi pasportga ega bo‘ldi. Bu haqda «R-Sport» nashri xabar tarqatmoqda.

RF pasportini yangi fuqaroga topshirish marosimidan keyin Jons rus tilida o‘zini «Men rusman!», deya e'lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqin vaqtlar ichida Roy Jons Rossiya mutlaq jahon chempionligi uchun ringga chiqishi kutilmoqda.

Top