11:12 / 27.10.2015
2310

Indoneziya Trans-Tinch okeani hamkorligi kelishuviga qo‘shilishga tayyor

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo mamlakat Trans-Tinch okeani hamkorligi kelishuviga qo‘shilishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, bu qaror Vidodoning amerikalik hamkasbi Barak Obama bilan uchrashuvidan so‘ng qabul qilingan.

Bu kelishuv AQSh va 11 davlat – Avstraliya, Bruney, Kanada, Chili, Yaponiya, Malayziya, Meksika, Yangi Zelandiya, Peru, Singapur va Vetnam o‘rtasida tuzilgani ma'lum qilingan edi.

Top