Iordaniya poytaxtida pirotexnika mahsulotlarining ikki konteyniri portlashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, o‘n kishi esa jarohatlandi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press agentligi mamlakat fuqarolar xavfsizligi vakili Iyad al-Amerning ma'lumotiga asoslanib.
Voqea dushanba kuni Ammanning bojxona omborxonalaridan birida sodir bo‘lgan. Agentlikning ma'lum qilishicha, voyea joyida quyuq tutun ko‘tarilgan.
Iyad al-Amerning so‘zlariga ko‘ra, jarohat olganlarning ayrimlari og‘ir ahvolda. Uning ta'kidlashicha, Iordaniya bosh vaziri hamda ichki ishlar vaziri voqea joyiga yo‘l olgan.