12:29 / 27.10.2015
2492

Istanbuldagi YTHda 5 kishi halok bo‘ldi

Istanbulda yo‘lovchi avtobusi va yengil mashina to‘qnashuvi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, yana 5 kishi jarohat oldi. Bu haqda Milliyet gazetasining elektron versiyasida xabar qilindi.

Aytilishicha, mashina haydovchisi uni ta'qib qilib kelayotgan politsiya xodimlaridan qochib ketishga harakat qilib, avtobus chizig‘iga chiqib ketgan. Buning oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘lib, mashina ichidagi 6 kishidan 5 nafari olamdan o‘tgan.

Top