09:20 / 27.10.2015
2723

Keylor Navas kuchli beshlik bo‘yicha eng ko‘p seyvni amalga oshirgan darvozabon bo‘lib turibdi

«Real» jamoasining kosta-rikalik darvozaboni Keylor Navas Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida amalga oshirilgan seyvlar soni bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda.

Ispaniya chempionatining 9 turi davomida Navas darvozasi tomon 113ta zarba berilgan va shulardan 31tasi darvozaga aniq borgan. Kosta-rikalik posbon 27ta seyv qilishga muvaffaq bo‘lgan. Bu Yevropaning top-5 milliy chempionatlarida o‘ynayotgan darvozabonlar ichida eng yaxshi natija hisoblanadi.

Manuel Noyyer («Bavariya») darvozasi tomon 66ta zarba (3ta gol o‘tkazilgan, 15ta seyv), Jo Xart («Manchester Siti») – 69ta zarba (4ta gol o‘tkazilgan, 13 seyv), Kevin Trapp («PSJ») – 80ta zarba (6ta gol o‘tkazilgan, 24 seyv), Voychex Shchensniy («Roma») darvozasiga 88ta zarba (6ta gol o‘tkazilgan, 22 seyv) berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Navas La Liga doirasida 9ta o‘yindan 6tasida darvoza daxlsizligini saqlab qolgan. Shuningdek, u YeChL doirasida o‘tkazilgan 3ta o‘yinda gol o‘tkazib yubormadi.

Top