19:23 / 27.10.2015
6221

KUN.UZ dayjesti: 27 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 27 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Buyuk Britaniya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi>>

2015 yilning 27 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allanni qabul qildi.

O‘zbekiston TIVda Chen Shaosin rahbarligidagi Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi>>

2015 yilning 27 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Umumxitoy xalqaro do‘stlikka ko‘maklashish assotsiatsiyasi bosh kotibi o‘rinbosari Chen Shaosin rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish hajmi 1,5 martaga oshdi>>

2015 yilning dastlabki 9 oyi davomida oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish hajmi 10,114 trln so‘mni, o‘sish sur'ati o‘tgan yilga nisbatan 116,7 foizni tashkil etdi.

O‘zbekistonga 2015 yili 7 ming yaponiyalik turist tashrif buyurdi>>

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening O‘zbekistonga tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan biznes-forumda turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Undan so‘ng o‘zbekistonlik va yaponiyalik turoperatorlarning V2V formatida o‘tgan uchrashuvida konkret takliflar bildirildi.

O‘zbekistonda infrastruktura rivojlanishiga 54.5 mln dollar ajratiladi>>

O‘zbekiston hukumati 19 oktabrda qabul qilingan qarorida besh yillik muddatda milliy infrastrukturani rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Unga ko‘ra, 2020 yilga qadar mamlakatda bu yo‘nalishga 54.5 mln dollar ajratiladi.

FVV: Toshkentdagi zilzila magnitudasi 5 ballni tashkil qildi>>

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘z saytida kecha, 26 oktabr kuni sodir bo‘lgan zilzila haqida rasmiy axborot e'lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkentda zilzila magnitudasi 5 ballni tashkil qilgan.

O‘zbekistonliklar 26 oktabr kungi zilzila vaqtida vahimaga tushishmadi>>

26 oktabr kuni Afg‘oniston hududida joylashgan Hindikush tog‘larida Toshkent vaqti bilan soat 14:09da 7,5 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishi kuchi Hindiston poytaxtidan tortib, Rossiyaning Novosibirsk shahriga qadar sezilgan.

"O‘zekspomarkaz"da IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi o‘z ishini boshladi>>

26 oktabr kuni “O‘zekspomarkaz” 6ta ko‘rgazma zali, 2ta atrium, ochiq maydonchalar va konferensiya zallarida IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi ochildi. 

O‘zbekiston Afrikadagi davlatlarga yengil avtomobillarni eksport qilmoqda>>

O‘zbekiston Afrika va Janubiy Amerikaning ilgari savdo munosabatlari o‘rnatilmagan 13 davlatiga yengil avtomobillarni eksport qilmoqda.

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 9 foiz darajada saqlab qoldi>>

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini yillik 9 foiz darajada saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Latviya O‘zbekistondan kelayotgan import tovarlari sonini oshiradi>>

Uzbekistan Trading House (Latviya) rahbari Andrey Kolupayev O‘zbekistondan import qilinayotgan tovarlar nomenklaturasi kengaytirilishi haqida axborot berdi. Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan qiziqish juda yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.

O‘zbekistonda 1 noyabrda qor yog‘ishi mumkin>>

27 oktabr-1 noyabr kunlari O‘zbekistonda havo o‘zgarib, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeorologia xizmati markazi xabar qildi. 

2016 yildan O‘zbekistonda MAN avtobuslari seriyali ishlab chiqariladi>>

2016 yilning fevral oyidan JV MAN Auto-Uzbekistan O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasida past polli “MAN A 22” shahar avtobuslari seriyali tarzda ishlab chiqarila boshlanadi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tashkil etilgan “O‘zavtosanoat” AK korxonalarida avtomobillar uchun ehtiyot qismlarni mahalliylashtirish” ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-konferensiyasida JV MAN Auto-Uzbekistan vakili Oybek Ayupov ma'lum qildi.

Euronews telekanalida Farg‘ona haqida ko‘rsatuv efirga uzatiladi>>

Euronews telekanali ijodkorlari Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon va Rishton tumanlarida tasvirga olish ishlarini olib borishdi.

O‘zbekistonda “sariq lampochka”lardan foydalanish taqiqlanadi>>

2016 yil 1 iyulidan O‘zbekistonda quvvati 40 Vtdan ortiq bo‘lgan cho‘g‘lama lampalarni ishlab chiqarish, 2017 yil 1 yanvaridan esa ulardan foydalanish to‘xtatiladi. Istisno holatlar faqatgina shu turdagi lampalardan foydalanish talab qilingan alohida vaziyatlar, masalan, texnologik uskunalar, motorli transport vositalari, tibbiyot va boshqa ixtisoslashgan qurilmalar uchun tegishli bo‘ladi.

O‘zbekiston aholi ehtiyoji uchun chetdan 330 ming tonna ko‘mir sotib oladi>>

O‘zbekiston yaqinlashib kelayotgan qish mavsumida aholi ehtiyojini uzluksiz qondirish uchun chet eldan 330 ming tonna qo‘ng‘ir ko‘mir sotib oladi.

O‘zbekistonda Xalqaro audiovizual meros kuni nishonlanmoqda>>

2005 yili YuNeSKO Bosh konferensiyasining 33-sessiyasida tasdiqlangan rezolyutsiyaga binoan 27 oktabr Xalqaro audiovizual meros kuni deb e'lon qilingan edi.

O‘zbekistonda sifat menejmenti bo‘yicha yangi standartlar joriy qilinadi>>

O‘zbekiston hukumati 19 oktabrda qabul qilingan qarorida besh yillik muddatda milliy infrastrukturani rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Unga ko‘ra, 2020 yilga qadar mamlakatda sifat menejmenti bo‘yicha yangi standartlar joriy qilinadi.

O‘zbekiston hududida Rossiya kapitali ishtirokidagi 885ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda>>

27 oktabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida tashkil etilgan O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi va kooperatsion birjasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Jahon banki O‘zbekiston YaIM o‘sishi ko‘rsatkichlarini tushirdi>>

Eksportni diversifikatsiya qilish va ichki talabni faollashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yaqin yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishiga sabab bo‘ladi, deb hisoblaydi Jahon banki mutaxassislari.

Xalqaro sanoat yarmarkasidan fotoreportaj>>

Avval xabar qilganimizdek, 26 oktabr kuni poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”ning 6ta ko‘rgazma zali, 2ta atrium, ochiq maydonchalar va konferensiya zallarida IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi boshlandi.

O‘zbekistonlik boulerlar Olma-otadagi Almaty Open turnirida 2ta medal olishdi>>

O‘zbekiston vakillari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bouling bo‘yicha o‘tkazilgan Almaty Open 2015 turnirida oliy o‘rinlarga ko‘tarilishdi.

Top