19:11 / 27.10.2015
3324

Lavrov: Rossiya terrorizm bosimiga qarshi barcha choralarni qo‘llaydi

Rossiya terrorizm bosimiga qarshi har qanday choralarni qo‘llaydi. Bu haqda Rossiya va Belarus idoralar kengashi majlisidan so‘ng Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytib o‘tgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“BMTning 70 yilligi, Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi nishonlangan bir paytda, insoniyat terrorizm deb nomlangan balo bilan yuzma-yuz kelib turibdi. Bu xavfning oldini olish uchun barcha kerakli chora-tadbirlarni qo‘llaymiz”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya terrorizmga qarshi kurash uchun, avvalo, terroristik xavfning mohiyatini chuqur anglab yetish kerakligini qat'iy uqtirishda davom etadi.

Top