11:35 / 27.10.2015
2595

O‘zbekistonda Xalqaro audiovizual meros kuni nishonlanmoqda

O‘zbekistonda Xalqaro audiovizual meros kuni nishonlanmoqda.
2005 yili YuNeSKO Bosh konferensiyasining 33-sessiyasida tasdiqlangan rezolyutsiyaga binoan 27 oktabr Xalqaro audiovizual meros kuni deb e'lon qilingan edi.

Undan ko‘zlangan asosiy maqsad audiovizual hujjatlarning milliy o‘zlikning muhim qismi ekanligini anglagan holda uni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdir. Rezolyutsiyada bunday turdagi hujjatlar saqlash uchun juda ko‘p harakat qilish lozimligi alohida qayd qilib o‘tiladi, negaki ular saqlanadigan materiallar o‘ta zaif va nozikdir.

Shu bilan birga, audiovizual hujjatlar XX va XXI asrlarda yaratilgan axborot manbalarining asosiy qismini tashkil qiladi.
Joriy yilda Xalqaro audiovizual meros kuni “Arxivlar xavf ostida: jahon o‘ziga xosligini himoya qilish” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Top