23:38 / 27.10.2015
4321

Pentagon Iroq IShIDga qarshi kurashda Rossiya bilan hamkorlik qilmasligini ishonch bilan aytmoqda

Pentagon Iroq hukumati Rossiya bilan IShIDga qarshi harbiy hamkorligini davom ettirmoqchi emas, deb ishonch bilan aytmoqda. Bu haqda 27 oktabr kuni AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter va AQSh Qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi rahbari Jozef Danford AQSh senatining Qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasidagi yig‘ilishida aytib o‘tdilar.

“Biz o‘tgan haftada Iroq hukumatidan Rossiya bilan hamkorlik qilmasligi va u uchun AQSh maqbulroq hamkor ekanligi haqidagi va'dasini oldik”, deb aytdi Karter.

O‘z navbatida Danford yaqinda Iroq vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Iroq ruslarga bombardimon qilishga ruxsat bersa, unda AQSh Iroqqa yordam berishni davom ettira olmasligini” aytganini qo‘shimcha qilib o‘tdi. “Menga Rossiya bilan hamkorlik qilmaslik haqida va'da berishdi”, deb aytdi Danford.

Top