08:03 / 27.10.2015
2784

Qirg‘izistonda IShID yollovchisiligida gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat komiteti O‘sh viloyatida xalqaro qo‘poruvchilik tashkilotining josusi deb gumonlangan 48 yoshdagi I. U ismli kishi qo‘lga olinganini ma'lum qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro qirg‘izistonliklarni Suriyadagi urushga borishga da'vat qilib, ayrimlarini jangga jo‘natgan.

Ayni damda ushbu gumondorga nisbatan KR JJ kodeksining 375 moddasiga (yollanganlik) binoan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, vaqtincha saqlash joyiga kiritilgan.

Rasmiy ma'lumotlar bo‘yicha, Suriyaga ketgan qirg‘izistonliklar soni to‘rt yuzdan ortgan. Shundan qirq nafardan ziyodi halok bo‘lgan.

23 oktabr kuni qirg‘izistonlik huquq tartibot idoralari xodimlari Chuy viloyatida o‘tkazilgan amaliyot chog‘ida To‘qmoq shaharchasidan noqonuniy qurollar saqlanayotgan omborni aniqlashgandi.

Top