23:57 / 27.10.2015
5258

Ukraina bosh prokurori uyida tunashga qo‘rqayotganligini tan oldi

Ukraina bosh prokurori Viktor Shokin doim zirhli mashinada yuradi va xavfsizlik yuzasidan har kuni turli joylarda tunaydi. Bu haqda u "Ukrainskiye novosti"ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

"Xavfsizlik yuzasidan har kuni turli joylarda tunayman”, - degan u.
Bunga sabab uning manziliga qilingan po‘pisa bo‘lgan. "Prokuratura binosidan revolver topilganini eslayman, - deb gapirib beradi Shokin. – Shu bois davlat qo‘riqlash xizmati zirhlangan avtomobilda yurishimni ta'minladi".

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat bosh prokuraturasida tegishli avtomobil topilmagan, shuning uchun zirhli Mercedes mashinasini ijaraga olishiga to‘g‘ri kelgan. Shokinning ishonch bildirishicha, mashina ijarasi oyiga bor-yo‘g‘i 435 dollarga aylanmoqda.

Top