08:18 / 27.10.2015
2171

Yaponiya Qirg‘izistondagi "Manas" aeroportini zamonaviylashtirish uchun 16 mln dollar mablag‘ ajratadi

26 oktabrda Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Abening tashrifi yakunlariga ko‘ra Qirg‘iziston va Yaponiya o‘rtasida bir qator kelishuvlar imzolandi.

KirTag nashrining ma'lum qilishicha, Yaponiya Bishkekdagi "Manas" xalqaro aeroportini yangi jihozlar bilan ta'minlash uchun 16 mln dollar miqdoridagi mablag‘ yo‘naltiradi. Bu haqda 26 oktabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida Qirg‘iziston respublikasi Transport va aloqalar vaziri Arginbek Malabayev ma'lum qilgan.

Uning aytishicha, Qirg‘iziston hukumati va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasidagi grant kelishuvga ko‘ra "Manas" aeroportiga aeronavigatsiya, yoritish moslamalari va boshqa jihozlar yetkazib beriladi. Vazir mablag‘ yetishmasligi tufayli shu vaqtgacha aeroportga yangi jihozlar keltirilishi kechikib kelganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Qayd etilishicha aeroportga yangi jihozlarning keltirilishi 2016 yilning yanvarida boshlanadi.

Top