15:31 / 28.10.2015
5859

Bortnikov: IShIDning paydo bo‘lishi Yaqin Sharqdagi vaziyatni tubdan o‘zgartirdi

IShID hamda uning ortida turuvchi kuchlar Yaqin Sharqdagi vaziyatni tubdan o‘zgartirib yuborishga erishdi, deb hisoblaydi Rossiya federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“IShID va uning ortidagi kuchlar Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi siyosiy va konfessiyalararo munosabatni tubdan o‘zgartirib yuborishga erishishdi. Zamonaviy propaganda texnologiyalari vositasida ular musulmon aholi qatlamlariga davlat hokimiyati institutlariga ishonchsizlik kayfiyatlarini singdirishdi va an'anaviy islom qadriyatlarini buzib ko‘rsatishdi”, - dedi u MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 39-yig‘ilishidagi chiqishida.

Bundan tashqari, u ayrim jahon davlatlarini IShID loyihasini yaratganda va uning vositasida dunyoni global diniy va madaniy ixtilof yoqasiga keltirib qo‘yganlikda aybladi.

“Buning natijasida bu davlatlar dunyoni global diniy va madaniy ixtilof yoqasiga keltirib qo‘yishdi”, - ta'kidladi u.

Top