17:52 / 28.10.2015
15078

Bortnikov: MDH terrorchilikka qarshi kurashda O‘zbekiston tajribasidan foydalanishi lozim

Rossiya federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov O‘zbekiston terrorchilikka qarshi kurashda ijobiy tajriba to‘play olganini hamda MDHning boshqa davlatlari bu tajribadan unumli foydalanishlari mumkinligini ta'kidladi.

Bu haqda u MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 39-yig‘ilishidagi chiqishida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, terrorchilik ideologiyalari tarafdorlarining MDH ichidagi harakatlarini tinimsiz kuzatib borish va bu borada axborot almashishni yo‘lga qo‘yish zarur.

Top