21:21 / 28.10.2015
3497

Chilonzorda mastlikda odam pichoqlagan yo‘lto‘sar 10 yilga qamaldi

Chilonzorda mastlikda odam pichoqlagan yo‘lto‘sar 10 yilga qamaldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, fkqaro Rustam Xolmuhamedov mast holda tungi soat 22:00da yo‘lida uchrab qolgan Komil Shukurovni to‘xtatib olib, unga tegajog‘lik qila boshlagan. Jumladan, undan hujjatlarini ko‘rsatishni talab qilgan.

Bunga javoban Komil Shukurov uning o‘zi kimligini so‘ragan. Natijada ikki orada mushtlashuv kelib chiqqan. Xolmuhamedov qo‘lidagi pivo shishasini sindirib, uning sinig‘i bilan raqibining bo‘yniga zarba bergan. Jarohatdan hushini yo‘qotgan odamning sumkasidan 200 ming so‘m pul va boshqa qimmatliklarni olib, voqea joyidan qochib ketgan.
Qonga belanib yotgan erkakni ko‘rgan piyodalar unga yordam ko‘rsatishi natijasida Shukurovning hayoti saqlab qolindi. Xolmuhamedov esa qo‘lga olinib, sudga topshirildi hamda 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi.

Top