11:37 / 28.10.2015
2819

"Dinamo" "Spartak" muxlisini maydonda urgan jurnalist Derunets bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Moskvaning "Dinamo" jamoasi rahbariyati jamoa o‘yinlarini klub televideniyesi orqali sharhlab boruvchi jurnalist Dmitriy Derunets bilan hamkorlik qilishni to‘xtatdi.

"Dinamo" klubida jamoaning "Spartak"ka qarshi o‘yini tanaffusida ro‘y bergan voqea, jurnalist Derunetsning raqib jamoa muxlisi bilan janjallashgani muhokama qilindi.
Natijada, "Dinamo" o‘yinlarini tv va radio orqali translyatsiya qilishga mas'ul "Sport BIT" kompaniyasiga Derunetsni ishdan bo‘shatish bo‘yicha ko‘rsatma berish qarori qabul qilingan.

"Dinamo" jamoasi futbol jamoatchiligidan bu xunuk voqea uchun uzr so‘ragan va bundan keyin bunday voqealar bo‘lmasligi choralari ko‘rilishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, «Sport FM» radiokanali va «Dinamo-TV» kanali sharhlovchisi bo‘lgan taniqli jurnalist Dmitriy Derunets «Dinamo» jamoasining «Spartak»ka qarshi o‘yini tanaffusi vaqtida raqiblarning maydonga tushib kelgan muxlisiga hamla qilgandi.

Bu janjalni stadion xodimlaridan biri to‘xtatib, muxlisni tashqariga olib chiqqan, lekin jurnalist o‘z harakatlarini davom ettirib, muxlisning ortidan kelib tepgandi. Bu esa "Spartak" muxlislarining g‘azabini qo‘zg‘agan, ular jurnalistga turli buyumlar uloqtirishgan.

Rossiya futbol uyushmasi rahbari bu voqeaga munosabat bildirar ekan, Derunetsning futbol sohasida ishlamasligini istashi haqida aytib o‘tgan.

Top