17:34 / 28.10.2015
2586

«Dizelgeyt» mojarosidan keyin Volkswagen ko‘rgan zarar deyarli 4 mlrd dollarni tashkil qildi

Uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra, Volkswagen avtokonsernining ko‘rgan zarar miqdori kutilganidan ko‘proqni tashkil qildi. Dizel mojarosidan keyin korxona ko‘rgan zarar miqdori 3,48 mlrd yevro (3,84 mlrd dollar)ni bo‘ldi, deya xabar beradi CNBC kompaniya hisobotidagi ma'lumotlarga tayanib.

Manbaning yozishicha, bu kompaniyaning so‘nggi 15 yillik faoliyati davomidagi ilk zarar ko‘rsatkich qayd etilgan chorak sanaladi. Zararning asosiy qismi dizel mojarosi tufayli zarar ko‘rgan iste'molchilarga tovon puli to‘lash natijasida yuzaga kelgan. Dunyo bo‘yicha jami bo‘lib 11 mln dona avtomobil uchun shunday to‘lovlar amalga oshirilgan. Taxminlarga ko‘ra buning uchun korxona hozirgi kungacha 6,7 mlrd. yevro miqdorida tovon puli to‘lagan. Bu prognoz ko‘rsatkichlaridan anchagina past.

Shuningdek, kompaniyaning yil boshidan buyon topgan daromadi 8,5 foizga o‘sgan. Yil boshidan buyon kompaniya 10,14 mln avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «dizel mojarosi» sabab Volkswagen ishlab chiqarish hajmini va xodimlar sonini qisqartirishi ma'lum qilingandi.

Top