19:01 / 28.10.2015
8242

«Illyuziya» qo‘shig‘ining sirli xonandasi o‘z ismini oshkor etdi

«Illyuziya» nomli qo‘shiqni kuylab, Uznetda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan o‘zbek xonandasi o‘z ismini ommaga oshkor etdi.
Oktyabr oyi boshida Soundcloud internet-resursida o‘zbekistonlik noma'lum xonandaning «Illyuziya» nomli qo‘shig‘i paydo bo‘ldi. Sanoqli kunlar ichida musiqiy kompozitsiya uch ming martadan ko‘proq eshitildi — bu mintaqamiz musiqiy san'atkorlari orasida rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Qo‘shiq milliy estradamiz yulduzlari e'tiborini ham o‘ziga jalb etdi, ular xonanda tanlagan uslub va ohang haqida iliq fikrlar bildirdi.

Shunga qaramay, ko‘pchilik xonandaning kim, ismi nima ekanligiga qiziqdi. «Illyuziya»ning taqdimoti bo‘lib o‘tgan vaqtdan beri qo‘shiqchi qiz o‘zini sir saqlayotgan edi, biroq kuni kecha u ismini oshkor etishga qaror qildi. Ma'lum bo‘lishicha, xonanda Kamilla nomi ostida ijod qiladi, u Di Live Band guruhining sobiq a'zosidir.

Kamilla Pomidor Entertainment prodyuserlik markazi bilan shartnoma imzolagan va hozirda yakkaxon ijodini rivojlantirishga faol kirishgan. Xonanda o‘zining ilk albomini yaratish ustida ishlamoqda. Qo‘shiqlaridan biriga layv-video suratga olingan bo‘lib, unda Kamilla musiqa asboblarining jonli ohanglari hamrohligida kuylaydi. Klipni suratga olish ishlari Toshkent markazidagi bino tomida bo‘lib o‘tgan.

Xonandaning ma'lum qilishicha, u Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochgan, unda xonandaning muxlislari u bilan aloqaga chiqishlari, uning qo‘shiqlarini tinglashlari, videolarini tomosha qilishlari va barcha savollariga javob topib, yangiliklardan boxabar bo‘lishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Top