21:08 / 28.10.2015
4923

Iroq o‘z hududida AQShning quruqlikdagi maxsus operatsiyalarining o‘tkazilishiga muhtoj emasligini ma'lum qildi

Bog‘dod Vashingtondan Iroqda quruqlikdagi maxsus operatsiyalar o‘tkazish haqida so‘ramagan va ularga muhtoj emas, deb aytdi 28 oktabrda Iroq bosh vaziri vakili Saad al-Hadidiy.

“Bu Iroqning shaxsiy ishi va hukumat AQSh Mudofaa vazirligidan quruqlikdagi operatsiyalarda ishtirok etishni so‘ramagan. Bizda yetarlicha quruqlikdagi qo‘shinlar bor”, deb aytdi al-Hadidiy NBC telekanali efirida. Al-Hadidiy AQSh tomonidan istalgan harbiy aralashuv “Iroq hukumati bilan kelishilgan bo‘lishi kerak”, deb aytdi.

Shu bilan birga al-Hadidiy AQSh qo‘shinlari Iroq armiyasiga ko‘rsatayotgan ko‘makning muhimligini ta'kidlab o‘tdi va uning mamlakati harbiylarni “qurollantirish va tayyorlashda” Vashingtonning yordamiga muhtoj ekanligini aytdi.

Top