09:40 / 28.10.2015
2832

Ispaniya bosh vaziri Kataloniyaning mustaqillikka erishish to‘g‘risidagi qaroriga qarshi kurashishga chaqirdi

Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy mamlakat birligi uchun kurashish va Kataloniya mintaqaviy parlamentining yangi davlat tashkish etilishi jarayonini boshlash to‘g‘risida e'lon qilishga imkon beruvchi taklifni to‘xtatishga chaqirdi, deya xabar berdi Associated Press.

Bu haqda u milliy televideniyedagi chiqishida aytib o‘tdi.

Raxoy mazkur taklifni “konstitutsiya va qonunlar, ko‘pchilik kataloniyaliklar tuyg‘ulari va ispanlarning demokratik irodasiga qarshi qaratilgan tashviqot akti” deb atadi.

Bundan avvalroq esa Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy Kataloniyaning yangi hukumati bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirgan edi. U o‘z so‘zida har qanday muzokaralar qonun doirasida o‘tkazilishi lozimligini aytib, eshitishga tayyorligini, biroq qonunlarni buza olmasligini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, saylovlarda Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari g‘olib chiqqan. Bu 96 foiz ovozlar hisoblab chiqilganidan so‘ng oydinlashdi.

Top