19:28 / 28.10.2015
4728

Neft narxida yana o‘sish kuzatilmoqda

AQShdagi Kushinge terminalida neft zaxirasining kamayishi haqidagi xabarlardan keyin jahon bozorida neft narxida o‘sish kuzatilgan. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

28 oktabr kuni Brent turidagi neft London birjasidagi savdolarda, Toshkent vaqti bilan soat 16.51da, bir barreli 0,37 (0,79 foiz) dollarga ko‘tarilgan va 47,18 dollarni tashkil etgan.

WTI turidagi neft narxi esa, ayni vaqtdagi Nyu-York tovar birjasi savdolarida 0,32 (0,74 foiz) dollarga ko‘tarilgan va bir barreli 43,52 dollarni tashkil etgan.

Top