09:26 / 28.10.2015
3016

Oregonda Ikkinchi jahon urushi davriga mansub tank portlashi tufayli 2 kishi halok bo‘ldi

AQShning Oregon shtatidagi poligonda Ikkinchi jahon urushi davriga mansub tank portlab ketdi va 2 kishi olamdan o‘tdi. Bu haqda KTVZ TV xabar bergan.

Politsiya xodimlari ayni vaqtda bu hodisa bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.

Ma'lum qilinishicha, bu voqea Oregondagi merganlar uyushmasi yaqinida, Deyshut okrugining Bend shahridan 38 km masofada sodir bo‘lgan.

Top