19:16 / 28.10.2015
4837

Qoraqalpog‘istonda sement zavodi qurilishi ishlari yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda 19 mln dollar evaziga (17 milliarda so‘m) navbatdagi yirik loyiha amalga oshirildi.

Respublikaning Qorao‘zak tumani hududida yangi sement zavodi qurildi. Ushbu loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi asosida amalga oshirildi.

Yiliga 200 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega mazkur korxonada 200 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.

2015 yilning fevralida «Qoraqalpoqsement» MChJ sement zavodini qurish loyihasi 2015 yilgi qurilishi pudrat ishlari dasturiga kiritilgani, ushbu loyiha 2015−2016 yillarda amalga oshirilishi, zavodning quvvati yiliga 400 ming tonna sement ishlab chiqarishga yetkazilishi haqida xabar berilgandi.

2015 yilda loyiha doirasida 3,8 milliard so‘m o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Bundan 0,3 milliard so‘m qurilish-montaj ishlariga ishlatiladi.

Top