00:38 / 28.10.2015
2396

Qozog‘iston va Yaponiya 700 mln dollarlik 10 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston va Yaponiya umumiy miqdori 700 mln dollarni tashkil qiluvchi 10 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 27 oktabr kuni Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe bilan Ostonada bo‘lib o‘tgan suhbat davomida aytib o‘tdi.

“Qozog‘istonda bir qator yapon kompaniyalari faol ish olib bormoqda. Bugungi kunda 50 ta qo‘shma korxona ro‘yxatdan o‘tgan, 700 mln dollardan ko‘proq miqdordagi 6 ta qo‘shma loyiha amalga oshirildi. Yana 700 mln dollarlik 10 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda”, deb xabar bermoqda Nazarboyev matbuot-xizmati.

Qozog‘iston prezidenti suhbat chog‘ida o‘tgan yili Qozog‘istonda “Toyota” markasidagi mashinalarni qurish bo‘yicha zavod ochilganini muhim voqea deb aytdi.

“25 oktabrdan investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvning kuchga kirishi munosabatlarimizning huquqiy negizini sezilarli darajada mustahkamlaydi”, deb aytdi Nazarboyev.

Yaponiya bosh vazirining Markaziy Osiyo davlatlariga 5 kunlik safari Qozog‘istonda o‘z nihoyasiga yetadi.

Top