16:07 / 28.10.2015
3477

Rossiya FXX: IShID safida 100dan ortiq mamlakatlarga mansub jangarilar mavjud

Suriya va Iroq hududidagi IShID safiga dunyoning 100dan ortiq mamlakatidan a'zolar kelib qo‘shilgan. Bunday yollanma jangarilarning IShIDdagi ulushi 40 foizni tashkil qiladi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov ma'lum qilgan.

"Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda terroristik tashkilot safidagi jangarilarning 40 foizi Yaqin Sharqqa dunyoning 100dan ortiq mamlakatidan kelgan", deydi u MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 39-yig‘ilishidagi chiqishida.

Top