19:01 / 28.10.2015
4881

Suriyaga o‘tish paytida qo‘lga olingan rossiyalik talaba qiz ism-familiyasini o‘zgartirgani aniqlandi

Moskva davlat universitetining talabasi, IShID tarkibiga qo‘shilish uchun Suriyaga o‘tayotganida qo‘lga olingan Varvara Karaulova o‘z harakatini amalga oshirishdan avval ism-familiyasini o‘zgartirgan. Bu haqda Lefortovskiy sudi matbuot xizmati vakili Yuliya Skotnikova ma'lum qildi.

Uning aytishicha, talaba Aleksandra Ivanova ismi-familiyasi orqali Suriyaga o‘tishga uringan.

Sud hakami uni yangi ism-familiyasi bilan atamoqda.

"Moskvadagi Lefortovskiy sudi Ivanova Aleksandrani Rossiya JK 30 va 205.5 moddalari bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda gumon qilmoqda. Bu ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagunicha, u nazorat ostida bo‘ladi", deyilgan xabarda.

Unga 23 dekabr kunigacha ayblov qo‘yilishi kutilmoqda.

Ilgariroq Varvara Karaulova o‘zining sherigi bilan IShID qarorgohlaridan biriga yo‘l olgan paytda Chechenistonda qo‘lga olingani xabar qilingan edi. Rossiya tergov qo‘mitasi bu voqea yuzasidan ish qo‘zg‘atmagan edi.

Top