11:53 / 28.10.2015
3432

Tojikistonda zilzila oqibatida 14 o‘quvchi jarohat oldi

Tojikistonning Xatlon viloyatidagi Yovon nohiyasida zilzila oqibatida 14 nafar maktab o‘quvchisi zarar ko‘rdi. Bu haqda Tojikiston telegraf agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, tumanning 45-sonli maktabda zinaning qulashi oqibatida o‘quvchilar jarohat olgan. Ularning 4 nafar og‘ir ahvoldadir. Bundan tashqari, Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida ham shunga o‘xshash vaziyat kuzatildi.

Xorug‘ davlat universiteti binosining uchinchi qavatidan evakuatsiya qilinayotgan talabalarining 7 nafari hushidan ketdi. Ayni paytda ularning ahvoli yaxshi deb baholanmoqda.

Top