19:03 / 28.10.2015
2554

Twitter yangi foydalanuvchilarni qiyinchilik bilan jalb qilmoqda

Wall Street Journal nashri Twitter ijtimoiy tarmog‘ining daromadlari va foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlarni tahlil qildi va ijtimoiy tarmoqning bu ko‘rsatkichlari o‘sishi sekinlashganini qayd qildi.

Twitter’ning 2015 yil 3-chorakdagi foydalanuvchilarining bir oydagi o‘rtacha miqdori 2014 yilning 3-choragiga nisbatan bor-yo‘g‘i 8 foizga ko‘paygan. Kompaniya aksiyalari bir necha soat ichida 11 foizga ko‘proqqa arzonlashib ketgan.

Foydalanuvchilar soni o‘sishi Twitter uchun hal qiluvchi jihat hisoblanadi, chunki kompaniya daromadlari e'lonlarning ko‘rilishi hisobiga oshib boradi. Kompaniyaning 2015 yil 3-choragidagi daromadlari 569 mln dollarni, ya'ni o‘tgan yildagiga nisbatan 58 foiz ko‘proqni tashkil qildi. Bu raqamlar salmoqli ko‘rinishi mumkin, biroq o‘sish sur'atlari 2014 yilning 2-choragidan beri pasayib bormoqda.

Twitter’da 4-chorakda 695 mln dollardan 710 mln dollargachani tashkil qilishi kutilayotgani aytildi va bu prognozlarda berilgan 741 mln dollardan ancha kamroqni tashkil qilmoqda.

Kompaniya foydalanuvchilarni jalb qilishning turli usullaridan foydalanmoqchi. Bunday usullardan biri yangi “Lahzalar” (“Momenty”) bo‘limi bo‘ladi, bu bo‘limda joriy yangiliklar haqida tvitlar berib boriladi.

Top