08:33 / 29.10.2015
3072

Angliya Liga kubogi. «Manchester Yunayted» musobaqani tark etdi

Angliya Liga kubogi musobaqasining 4-bosqich o‘yinlari nihoyasiga yetdi.

28 oktabr kunlari bu bosqich doirasida yana 4ta o‘yin o‘tkazildi, "Liverpul" jamoasi o‘z maydonida "Bornmut"ni 1:0 hisobida yengdi. Yagona gol 17-daqiqada Klayn nomiga yozildi.

"Manchester Siti" "Kristal Pelas"ni yirik hisobda dog‘da qoldirdi, 5:1.

Kutilmaganda, "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Midlsbro"ga yutqazib qo‘ydi. O‘yinning asosiy daqiqalarida to‘p kiritilmagach, vaziyatga penaltilar seriyasi oydinlik kiritdi, unda omad mehmonlarga kulib boqdi. Shu tariqa "qizil iblislar" musobaqa bilan xayrlashishdi.

Yana bir uchrashuvda, "Aston Villa" "Sautgempton"ga 1:2 hisobida yutqazdi.

Angliya Liga kubogi, 4-bosqich
Liverpul – Bornmut 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 17 Klayn.
Liverpul – Bogdan, Lovren, Ture (Shkrtel, 33), Klayn, Rendell, Allen, Joau Karlush, Brennagan (Leyva, 65), Ayb, Firmino (Lallana, 87), Oriji.
Bornmut – Federichi, Smit, Deniels, Frensis, Disten, Makdonald, Pyu, Arter (King, 71), Ritchi, Stanislas (Ranti, 82), Kermorgan (Tomlin, 71).
Ogohlantirishlar: Allen (61), Makdonald (80).

Manchester Yunayted – Midlsbro 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), po penalti - 1:3
Manchester Yunayted – Romero, Smolling, Roxo (Yang, 61), Darmian, Blind, Kerrik, Fellayni, Pereyra, Lingard, Depay (Marsyal, 71), Uilson (Runi, 46).
Midlsbro – Mexias, Ayyala, Stivens (Kleyton, 114), Frend, Gibson, de Pena (Sukulini, 78), Lidbitter, Dauning, Nsue, Kalas, Kike (Nyudjyent, 84).
Penaltilar seriyasi 1:0, 1:1, 1:2, 1:3.

Manchester Siti – Kristal Pelas 5:1 (2:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 22 Boni, 2:0 – 44 de Bryuyne, 3:0 – 59 Ixeanacho, 4:0 – 76, penalti Ture, 4:1 – 89 Dileyni, 5:1 – 90 Manu Garsiya.
Manchester Siti – Kabalero, Mangalya, Kolarov, Sabaleta (Sanya, 56), Demichelis, de Bryuyne (Roberts, 75), Fernando, Ture, Navas, Ixeanacho, Boni (Manu Garsiya, 84).
Kristal Pelas – Xennessi, Dileyni, Kelli, Mariappa (Uord, 85), Denn, Ledli, Yedinak, Match (Li Chun Yun, 75), Zaa, Bolazi, Bemford (Geyl, 77).
Ogohlantirish: Kolarov (50), Zaa (80).

Sautgempton – Aston Villa 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 51 Yosida, 2:0 – 77 Pelle, 2:1 – 90, penalti Sinkleyr.
Sautgempton – Stekelenburg, van Deyk, Yosida, Kolker, Targett, Romeu, Vanyama, Ramires (Devis, 68), Uord-Prouz, Pelle, Xuanmi (Tadich, 69).
Aston Villa – Gyuzan, Amavi (Grilish, 64), Xatton, Richardson, Bakuna (Ayyu, 63), Vestvud, Sanches, Krespo, Klark, Agbonlaxor, Jyested (Sinkleyr, 72).

Top