AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiya samolyotlari IShIDning Iroqdagi bazalariga qarata 13 marta havo zarbalarini amalga oshirdi.
Amerikalik harbiylar ma'lumotnomasida aytilishicha, bu hujumlar orqali jangarilarning qurolxonalari, kemalari va harbiy bazalari yo‘q qilingan.
Hujumlar Iroqning 6ta shahri hududida (shu jumladan Ramadi va Mosul) amalga oshirilgan.
Suriyada havo hujumi amalga oshirilmagan.