21:14 / 29.10.2015
8136

KUN.UZ dayjesti: 29 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 29 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Pentagon: AQShning Suriyada IShIDga qarshi zarbalari jadalligining kamayishi Rossiya harbiy-koinot kuchlarining faolligi bilan bog‘lanmagan>>

AQShning joriy yilning sentabr oyida Suriya hududida IShIDga qarshi zarbalari sonining kamayishi Rossiya harbiy-koinot kuchlari operatsiyasi boshlanishi bilan hech qanday bog‘lanmagan. Bu haqda Iroq va Suriyadagi “Mustahkam qat'iyatlik” operatsiyasi qo‘mondonligi rasmiy vakili, Bog‘doddan videoaloqa orqali Pentagonda yig‘ilgan jurnalistlar bilan suhbatlashgan polkovnik Stiv Uorren ma'lum qildi.

IShIDga qo‘shilmoqchi bo‘lgan talaba Karaulova o‘z aybiga iqror bo‘ldi>>

Terrorchilik tashkilotiga qo‘shilishga urinishda gumon qilinayotgan Moskva davlat universiteti talabasi Varvara Karaulova o‘z aybiga iqror bo‘ldi, deb xabar berdi vaziyatdan boxabar bo‘lgan manba “Interfaks” nashriga.

“Ash-Shabob” terrorchilik guruhi jangarilari Somalida qulagan samolyot ekipajini asirga oldi>>

Somalidagi Afrika ittifoqi missiyasi uchun yuk olib ketayotgan Airbus A380 samolyoti Somalida qattiq tarzda qo‘ngandan keyin uning bortidagi 12 kishi “Ash-Shabob” terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan garovga olindi, deb xabar bermoqda Voice of America nashri. 

Putin: terrorchilikka qarshi kurash xalqaro siyosatda birinchi o‘rinda turadi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqaro maydonda birinchi navbatda terrorchilikka qarshi kurash masalasi turishini aytdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Turkiya Kurdiston muxtoriyati tuzilishiga qarshi harbiy harakatlar boshlamoqchi>>

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kurdlar tomonidan Suriya shimolida, Turkiyaning janubi-sharqiy chegaralari yaqinida muxtoriyat tuzilishiga qarshi barcha zarur choralar ko‘rilishini ma'lum qildi.

AQSh Suriyadagi muammoni hal etish uchun Rossiya va Eron bilan hamkorlik qilishga tayyor>>

AQSh Suriya inqirozini hal etishda Rossiya va Eron bilan ishlashga tayyor, deb ma'lum qilmoqda Oq uy vakili Erik Shults. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Gretsiyada qirg‘oqlari yaqinida qochqinlar qayiqlari halokatga uchrab, 5 bola cho‘kib ketdi>>

28 oktabr kuni Gretsiya qirg‘oqlari yaqinida qochqinlarni olib ketayotgan 4ta qayiq halokatga uchradi va 5 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar bergan.

WSJ: NATO Rossiya bilan chegaralarida harbiylari sonini oshirish chora-tadbirini ko‘rib chiqmoqda>>

NATOga a'zo davlatlar o‘z hududlarining Rossiya bilan chegaradosh qismida harbiylari sonini oshirish chora-tadbirini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal.

Kerri Suriya inqirozini hal etishda AQSh va Rossiyada “umumiy yondashuvlar” mavjudligini aytdi>>

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining ma'lum qilishicha, AQSh va Rossiyada Suriyadagi inqirozni tartibga solish uchun “umumiy yondashuv”lar bor. U bu haqda Yaqin Sharq masalasida Vashingtonda qilgan chiqishi vaqtida aytib o‘tgan, deb xabar bermoqda TASS.

Hillari Klinton AQSh muammosini hal etishda barcha siyosatchilarni “bir guruh”da bo‘lishga chaqirdi>>

AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton saylovoldi kampaniyasi doirasida Nyu-Hempshir shtatida qilgan chiqishi vaqtida barcha siyosatchilarni mamlakatda mavjud muammolarni birgalikda, bahamjihat hal etish lozimligiga chaqirdi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Turkiya muxolifati YeIga muhojirlar masalasida e'tiroz bildirdi>>

Turkiya xalq respublika partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li Yevropa Ittifoqini mamlakatni qochqinlarni qabul qilishdagi oraliq zonaga aylantirishga intilayotganda aybladi. 

Suriyada rossiyalik harbiy xizmatchi nega joniga qasd qilgani aytildi>>

Rossiyaning Suriyadagi kontingetida xizmat o‘tayotgan oddiy askar Kostenko halok bo‘lgani yuzasidan ushbu mamlakat mudofaa vazirligi rasmiy bayonot berdi.

«'»: Malayziya «Transaero»ni sotib olishga qiziqish bildirmoqda>>

Malayziya hukumati qoshidagi maxsus jamg‘arma "Transaero" aviakompaniyasini xarid qilish yoki kompaniya asosida boshqa aviakompaniya tuzish haqida reja qilmoqda. Bu haqda «Kommersant'» nashri yozadi.

Argentinadagi prezidentlik saylovida muxolifatchi nomzod ustunlik qilmoqda>>

Argentinadagi prezidentlik saylovlarida muxolifatchi nomzod Maurisio Makri yetakchiligidagi "Respublika taklifi" konservativ partiyasi saylovning birinchi turidan 3 kun o‘tgan vaqtda oldinda bormoqda.

Bu yil 800 mingga yaqin kishi Yevropadan o‘zlariga qochqin maqomini berishini so‘radi>>

Bu yil 800 ming nafarga yaqin kishi Yevropa mamlakatlaridan ularga qochqin maqomini berishlarini so‘ragan. Bu o‘tgan yilnikiga qaraganda, ikki baravarga ko‘pdir. Bu haqda 29 oktabr kuni BMT Oliy komissiariatining qochqinlar masalasi bo‘yicha boshqarmasi ma'lumotiga asoslanib, Times gazetasi ma'lum qilmoqda.

Laporta: "Barselona" Fransiya ligasiga o‘tishi mumkin, lekin jamoa La Ligani tark etmasligi kerak>>

"Barselona" jamoasining sobiq prezidenti Joan Laporta Kataloniya Ispaniyadan mustaqil bo‘lib, ajralib chiqqanidan keyin futbol jamoasining taqdiri qanday kechishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Yevrokomissiya prezidenti: Yevropada devorlarga o‘rin yo‘q>>

Yevrokomissiya prezidenti Jan-Klod Yunker hamda Avstriya kansleri Verner Fayman o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida Yevropa chegaralarida hech qanday devorlar bo‘lmasligi haqida yakuniy qarorga kelingan, deb xabar bermoqda Antena 3.

Angela Merkel Xitoyga rasmiy safarini boshladi>>

Germaniya kansleri Angela Merkel va XXR davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan ikki tomonlama muzokaralarni boshladi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Budapeshtda O‘zbekistonning investitsion salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi>>

20 oktabr kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda O‘zbekistonning investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan biznes-seminar o‘tkazildi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi: Curiyada kimyoviy qurol-aslaha mavjud emas, biroq IShIDda bor>>

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining qurollanishni nazorat qilish masalalari bo‘yicha departamenti boshlig‘i Mixail Ulyanov Suriyada kimyoviy qurolsizlantirish jarayoni yakuniga yetganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Saylovlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan Turkiyada mustaqillik kuni nishonlanmoqda>>

Janubiy G‘arbiy Osiyoda (hududining 3 foizi, aholisining 20 foizi janubi-sharqiy Yevropada) joylashgan Turkiyaning rasmiy nomi Turkiya respublikasi (turkcha Türkiye Cumhuriyeti) deb ataladi.

OAV: Istanbulda IShIDning 15 nafar jangarisi qo‘lga olindi>>

Turkiya huquq-tartibot xodimlari o‘tkazgan maxsus amaliyot natijasida mamlakat poytaxti Istanbul shahrida IShID a'zosi bo‘lgan 15 nafar jangari hibs qilindi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar qilgan.

Xitoy va Germaniya Suriya mojarosini siyosiy yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi>>

Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan va Germaniya kansleri Angela Merkel bugun, 29 oktabr kuni Suriyadagi mojarolarni muhokama qilishdi, deya xabar beradi Reuters.

OAV: "Chelsi" Mourino o‘rniga vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida Rojyersni tayinlashi mumkin>>

"Liverpul” klubining sobiq bosh murabbiyi Brendan Rojyers agar Joze Mourino iste'foga chiqarilsa, “Chelsi”ni vaqtinchalik boshqarishi mumkin. Bu haqda Belfast Telegraph nashri xabar tarqatdi.

MI5 rahbari: IShID Britaniyada davomli teraktlar uyushtirmoqchi bo‘lgandi>>

Buyuk Britaniya maxfiy xizmati (MI5) rahbari Endryu Parker IShID jangarilari Buyuk Britaniya hududida davomli teraktlar uyushtirmoqchi bo‘lgani haqida hikoya qilib berdi. Bu haqda xabar tarqatdi.

Guardian: Mogerini Rossiyani Suriyada bo‘lishi mumkin bo‘lgan “afg‘on ssenariysi”dan ogohlantirdi>>

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini Rossiya agar Suriyada o‘tish davrini amalga oshira olmasa, uning uchun “afg‘on ssenariysi” takrolanishi mumkinligi haqida ma'lum qildi. 

Yaponiya bosh vaziri Markaziy Osiyo davlatlari bilan 26 mlrd dollardan ko‘proq qiymatga bitimlar tuzdi>>

Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe va mamlakat tadbirkorlari 28 oktabrda o‘z uylariga Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab bir haftalik safardan 26 mlrd dollardan ko‘proq qiymatga tijorat bitimlari tuzgan holda qaytishdi.

Hillari Klinton AQShda o‘lim jazosini cheklashni yoqlab chiqdi>>

AQSh prezidentligiga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilayotgan Hillari Klinton AQShda o‘lim jazosi juda ko‘p qo‘llanayotganini ta'kidlab, bunday amaliyotni sezilarli darajada cheklash va qisqartirish lozimligini aytdi.

Estoniyalik harbiy qo‘mondon NATOning qora tanli jangchilarini haqorat qilgan vatandoshlarini koyidi>>

Estoniya harbiy havo kuchlari bosh qo‘mondoni polkovnik Yaak Tariyen NATOning mamlakat hududida xizmat qilayotgan qora tanli askarlarini haqorat qilgan fuqarolardan uyalganini tan oldi. 

Mutko: Alisher Usmonov Yevro-2016ga chiqqan Rossiya terma jamoasining mukofot pullarini to‘lab beradi>>

USM Holdings rahbari, milliarder Alisher Usmonov Rossiya futbol ittifoqiga Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy va futbolchilarga Yevro-2016 saralashidan muvaffaqiyatli o‘tganlik uchun to‘lanadigan mukofot pulini to‘lashda yordam ko‘rsatadi. Bu haqda Rossiya sport ishlari vaziri va Rossif futbol ittifoqi rahbari hisoblanuvchi Vitaliy Mutko ma'lum qilgan.

Xaver Maskerano sud tomonidan soliqlarni to‘lamaganlikda ayblandi>>

Ispaniyaning «Barselona» futbol klubi himoyachisi Xaver Maskerano sud tomonidan soliqlarni to‘lamaganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda Fox Sports nashri xabar tarqatdi.

Top