21:37 / 29.10.2015
6141

KUN.UZ dayjesti: 29 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 29 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Ulug‘bek Qodirov kino bo‘yicha partnyorlarini “sevishi”ni aytdi>>

Kinoaktyor suratga tushirilayotgan kartina bo‘yicha partnyorlarini “sevishi”ni, aks holda rol ishonarli chiqmasligini ta'kidladi. Uning bu so‘zlari “Darakchi” gazetasiga berilgan intervyusida keltirildi.

Malika Egamberdiyeva: San'atkor baxti – muxlislar mehrini his etishda>>

Qahramonimiz Malika Egamberdiyeva 2015 yilning 30-31 oktabr kunlari poytaxtimizdagi muxtasham "Istiqlol" san'at saroiyida bo‘lib o‘tadigan ilk yakkaxon konsertini jonli ijro etishga qaror qildi. Kun.uz tahririyati ushbu konsert dasturi oldidan “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Malika Egamberdiyeva bilan intervyu uyushtirib, san'atkorning dunyoqarashi, ichki olamni ko‘rsatishga qaratilgan noodatiy savollarni berishga qaror qildi.

Google shu yildan boshlab Indoneziya bo‘ylab havo sharida internet tarqatishni boshlaydi>>

Google kompaniyasi o‘zining rasmiy blogida Project Loom deb nomlangan internet tarqatuvchi tizim haqda ma'lum qilgan. Unga ko‘ra ushbu tizim havoning stratosfera qatlamigacha balandlikka ko‘tarilib boruvchi havo shariga o‘rnatiladi. 

Endilikda Wi-Fi orqali devor ortidagi odamni ko‘rish mumkin bo‘ldi>>

Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari Wi-Fi orqali devor ortida turgan odamni aniqlaydigan tizim yaratishdi, deb xabar bermoqda The Verge.

Sony Toshiba bilan optik sensorlar borasida muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi>>

Yaponiyaning biznes nashri bo‘lmish Nikkei Sony va Toshiba kompaniyalari o‘rtasida CMOS optik sensorlari borasida muzokaralar bo‘lib o‘tganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Slashgear.com.

«Rohat» avtosalonidagi narxlar (2015 yil, 27 oktabr)>>

Toshkent shahridagi «Rohat» avtosalonidan 2015 yil 27 oktabr holatiga ko‘ra naqd pul orqali sotib olish mumkin bo‘lgan avtomobil markalari.

Apple kompaniyasining sobiq direktori Huawei smartfonlarini rivojlantiradi>>

Xitoyning smartfonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Huawei o‘z mahsulotlaridagi dizaynni yanada rivojlantirish uchun Apple kompaniyasining sobiq badiiy direktori Ebigeyl Brodini yolladi.

“Toyota” Alphard minivenini kabrioletga aylantirdi>>

Tokioda o‘tayotgan avtosalonda Toyota kompaniyasi Alphard – Hercule minivenining kontsept versiyasini namoyish etdi. Prototip “lando”ga o‘xshash kuzov va harakatlanuvchi tom qismiga ega bo‘lgan.

«O‘zavtosanoat» gm-uzbekistan.com domenini 45 mln so‘m evaziga sotib olishni istamadi>>

"Podrobno.uz" saytida gm-uzbekistan.com domeni egalari «O‘zavtosanoat» kompaniyasi bilan aloqaga chiqib, domenni 45 mln so‘mga sotib olishni taklif qilishgani haqida xabar berildi.

Mutko: Alisher Usmonov Yevro-2016ga chiqqan Rossiya terma jamoasining mukofot pullarini to‘lab beradi>>

USM Holdings rahbari, milliarder Alisher Usmonov Rossiya futbol ittifoqiga Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy va futbolchilarga Yevro-2016 saralashidan muvaffaqiyatli o‘tganlik uchun to‘lanadigan mukofot pulini to‘lashda yordam ko‘rsatadi. 

Namanganda shaxsiy mashinalarda kira qilinishi natijasida kuniga 80 mln naqd pul aylanishi aytildi>>

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashidagi deputatlik guruhi viloyatdagi yo‘lovchi transporti bilan bog‘liq muhim masalani muhokamaga qo‘ydi, deb ma'lum qiladi “Diyonat” gazetasi.

Rossiyaning eng mashhur jurnalistlar juftligi ajrashmoqda>>

Rossiya TVsining eng mashhur juftligini tashkil qiluvchi 43 yoshli teleboshlovchi Iroda Zeynalova va 52 yoshli jurnalist Aleksey Samolyotovlar ajrashmoqchi.

Sayyohlar guruhidan ajralib qolgan sayyoh olti kun deganda uyiga qaytdi>>

Pekinda sayyohlik guruhidan ajralib qolgan 73 yoshli xitoylik olti kun deganda yayov yurib, uyiga qaytdi, deb ma'lum qilmoqda The South China Morning Post.

Top