23:55 / 29.10.2015
3405

Mingyillik birlashuvi: Pfizer va Allergan 300 mlrd dollarlik korporatsiya tashkil etishlari mumkin

2015 yil 29 oktabrda AQShning Pfizer va Allergan farmatsevtika kompaniyalari o‘zaro qo‘shilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqdilar, bu joriy yilda M&A (mergers & acquisitions – “qo‘shilish va qo‘shib olish”) sohasidagi eng yirik bitim bo‘lishi mumkin, deb The Wall Street Journal nashriga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda delo.ua nashri.

Pfizer kompaniyasining tushumi oxirgi chorakda yildan yilga 6 foizga o‘sish bilan 12,1 mlrd dollarga yetdi. Alergan savdolari oxirgi hisobot choragida 10 foizga o‘sib, 5,8 mlrd dollarni tashkil etdi.

Alergan kompaniyasining bozordagi kapitalizatsiyasi 112,5 mlrd dollarni tashkil etadi, Pfizer kompaniyasiniki esa 218 mlrd dollarga teng. Shu tariqa kompaniyalarning birlashishidan hosil bo‘ladigan kompaniyaning kapitalizatsiyasi tarmoqdagi eng kattasi bo‘ladi va Johnson & Johnson kompaniyasining kapitalizatsiyasidan o‘tib, 300 mlrd dollardan oshishi mumkin.

Top